Samarqandda 25 tonna poliyetilen ortilgan yuk mashinasi yonib ketdi (video)

3-sahifa

image

Kecha, 12 oktyabr kuni Samarqand viloyatining Bulung‘ur tumanida MAN rusumli yuk mashinasi yonib ketdi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar qildi.

Yong‘in soat 23:38 da Bulung‘ur tumani “Olmazor” MFYdan o‘tgan M-39 yo‘lining 1048-km.da sodir bo‘lgan. Yo‘lda harakatlanib ketayotgan MAN rusumli tirkamali yuk avtomashinasida yong‘in boshlangan.

Shunga ko‘ra, 2 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji soat 00:01 da voqea joyiga yetib borib, yong‘in soat 00:05 da qurshab olingan va soat 01:12 da o‘chirilgan. Ma’lumotga ko‘ra, eng yaqin yong‘in o‘chirish qismidan yong‘in sodir bo‘lgan manzilgacha masofa taxminan 18 km.ni tashkil etadi.

Yong‘in natijasida yuk avtomashinasining tirkamasiga yuklangan taxminan 25 tonna poliyetilen rulonlar yonib zararlangan.

Hodisa oqibatida halok bo‘lgan va jabrlanganlar yo‘q. Hozirda yong‘in sababi va yetkazilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

yong'in

Baholaganlar

148

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing