Samarqandda 23 yoshli qiz derazasidan o‘zini tashlab, joniga qasd qildi

3-sahifa

image

Samarqand shahrida 23 yoshli qiz ko‘p qavatli uyning derazasidan o‘zini tashlab, joniga qasd qildi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov QALAMPIR.UZ’ga ma’lum qildi.

Bildirilishicha, voqea kecha, 11 dekabr kuni kechasi soat tahminan 23:00 larda sodir bo‘lgan. 

Mazkur holat yuzasidan Samarqand shahar bo‘yicha IIO FMB navbatchilik qismi tomonidan Samarqand shahar prokuraturasiga berilgan xabar asosida hodisa joyiga tergov-tezkor guruhi chiqqan. Tergov-tezkor guruhi tomonidan hodisa joyi ko‘zdan kechirilib, hodisa guvohi bo‘lgan shaxslardan batafsil tushuntirish xatlari olingan. Shuningdek, marhumaning o‘lim sababini aniqlash maqsadida sud-tibbiy ekspertizasi tayinlangan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan Samarqand shahar prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilayotganligi va natijasi bo‘yicha qonuniy qaror qabul qilinishi ma’lum qilingan. 

Eslatib o‘tamiz, 4 dekabr kuni Buxoro viloyatida 23 yoshli talaba qiz institut yotoqxonasida uksus ichib, o‘z joniga qasd qilgandi.  Hodisa yuzasidan Buxoro shahar prokuraturasi tomonidan tergovga kadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Samarqand

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing