Samarqandda 19 yoshli qiz ish vaqtida zo‘rlangani bo‘yicha jinoiy ish ochildi
Jamiyat
−
21 iyun 2021 68045 1 daqiqa
Avvalroq, Samarqand viloyatining Pastdarg‘om tumanida 19 yoshli qiz ish vaqtida zo‘rlangani haqida xabar bergan edik.
Samarqand viloyati IIB holat bo‘yicha rasmiy munosabat bildirib, jinoyat ishi qo‘zg‘atilganini ma’lum qildi.
Unga ko‘ra, 19 yoshli qizning zo‘rlangani holati yuzasidan 28 yoshli A.F. ga nisbatan Jinoyat kodeksining 118-moddasi 1-qismi (nomusga tegish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Ayblanuvchiga nisbatan sirttan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llangan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
Live
Barchasi