Samarqandda 185 ming AQSH dollariga yer sotmoqchi bo‘lgan rahbar ushlandi

3-sahifa

image

Samarqand viloyati  Payariq tumanida 3,7 gektar yerni 185 ming AQSH dollari evaziga sotmoqchi bo‘lgan fermer xo‘jaligi rahbari ushlandi. Bu haqda Bosh prokuratura xabar berdi.

Ma’lum bo‘lishicha, Samarqand viloyati Ichki ishlar bosh boshqarmasi, Jinoyat qidiruv boshqarmasi, Yer resurslari talon-toroj qilinishiga qarshi kurashish bo‘linmasiga fuqaro O.F.dan murojaat kelib tushgan. 

Viloyat prokuraturasi va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda Payariq tumanidagi  “X.D” fermer xo‘jaligi rahbari X.B. fuqaro O.F.ga o‘zi rahbarlik qilayotgan fermer xo‘jaligi hisobidagi 3,7 gektar qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan suvli yer maydonining har bir gektarini 50 ming AQSH dollari – jami 185 ming AQSH dollari evaziga sotishini va mansabdor tanishlari yordamida kadastr hujjatlarini rasmiylashtirib berishini aytib, kelishilgan pul hisobidan bo‘nak (avans) tariqasida 10 ming AQSH dollari olayotgan paytda ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) 4-qismi “a” bandi  bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari boshlangan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Farg‘onada Qishloq xo‘jaligi boshqarmasi bosh mutaxassisi kam ta’minlangan va ishsiz yoshlarni ish bilan ta’minlash uchun ajratilgan yerning bir qismini sotayotganda qo‘lga olingani haqida xabar berilgandi.

Aliqulov Javohir


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Samarqand talon-toroj 185 ming dollar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing