Samarqandda 17 kunlik chaqalog‘ini pullayotgan ayol ushlandi

3-sahifa

image

Samarqandda17 kunlik chaqalog‘ini 4000 dollarga sotayotgangan qashqadaryolik ayol qo‘lga olindi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

Joriy yilning 24 avgust kuni Davlat xavfsizlik xizmati Samarqand viloyati boshqarmasi hamda viloyat IIB xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda ayol 17 kunlik qiz farzandini 4000 AQSH dollariga sotayotgan vaqtida jinoyat ustida qo‘lga olingan.

Ma’lum qilinishicha, ayol 1987 yilda Qashqadaryo viloyatida tug‘ilgan va hozirda Samarqand tumanida vaqtincha yashab kelgan.

Mazkur holat yuzasidan D.B.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 135-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.


Maqola muallifi

Teglar

Samarqand

Baholaganlar

86

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing