Samarqandda 12 yoshli qizni zo‘rlagan erkakka tayinlangan jazo yengillashtirildi

3-sahifa

image

Samarqand shahrida 12 yoshli qizga nisbatan sodir etgan jinoyati uchun sudlanuvchiga berilgan jazo yengilroq jazoga o‘zgartirildi. Bu haqda Bolalar ombudsmani ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, 12 yoshli qiz bolaga nisbatan sodir etgan jinsiy jinoyati uchun ayblanuvchi A.R. ismli erkakka jinoyat ishlari bo‘yicha Samarqand shahar sudi hukmi bilan Jinoyat kodeksining 119-moddasi (Jinsiy ehtiyojni zo‘rlik ishlatib g‘ayritabiiy usulda qondirish) 4-qismi bilan 19 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi, 137-moddasi (Odam o‘g‘irlash) 2-qismi “a” bandi bilan 7 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlanib, kodeksning 59-moddasiga asosan 20 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan va jazoni umumiy tartibli koloniyalarda o‘tash belgilangan.

Biroq viloyat sudining jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay’ati apellyatsiya tartibidagi ajrimida (sudlanuvchining apellyatsiya shikoyati asosida) birinchi instansiya sudi A.R.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 119-moddasi 4-qismi bilan ozodlikdan mahrum qilish bilan bog‘liq jazo tayinlashda og‘irroq jazo tayinlagan deb hisoblab, sudlanuvchi A.R.ga Jinoyat kodeksining 119-moddasi 4-qismi sanksiyasi doirasida yengilroq jazo tayinlagan. Ya’ni jazo muddati 19 yildan 15 yilga o‘zgartirilgan.

Bolalar ombudsmani apellyatsiya instansiyasining mazkur ajrimi bilan jinoiy jazo yengillashtirilishi bola manfaatlariga zid deb hisoblab, bu bo‘yicha Bosh prokuraturaga taftish tartibida protest kiritishga oid iltimosnoma kiritgan. Natijada joriy yilning 3 avgust kuni A.R.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 119-moddasi 4-qismi bilan tayinlangan jazosi asossiz kamaytirilgani munosabati bilan ajrimni bekor qilish hamda jinoyat ishlari bo‘yicha Samarqand shahar sudining 2024 yil 10 iyundagi hukmini o‘zgarishsiz qoldirish haqida taftish tartibida protest kiritilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qashqadaryo viloyatida voyaga yetmagan qizga jinsiy tegajog‘lik qilgan shaxsga jinoyat ishi qo‘zg‘atilgani haqida xabar berilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

sud Samarqand shahri jinsiy jinoyat

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made