Markaziy Osiyoda bolalarga nisbatan jinsiy jinoyatlar uchun qanday jazo beriladi?
Bu qiziq
−
11:09 881 4 daqiqa
Joriy yilning 14 oktyabr kuni O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bolalarga nisbatan jinsiy zo‘ravonlik uchun umrbod qamoq jazosini nazarda tutuvchi qonunni imzoladi. Markaziy Osiyo mamlakatlarida bunday jinoyatlar uchun qanday javobgarlik choralari ko‘zda tutilgan?
14 yoshga to‘lmagan bolalarga nisbatan kuch ishlatib sodir etilgan jinsiy jinoyatlar
O‘zbekiston: 25 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish yoki umrbod qamoq jazosi tayinlanadi. Bolaning o‘limiga sabab bo‘lgan qasddan jinoyat sodir etganlarga shartli hukm qo‘llanilmaydi. Shuningdek, bunday jinoyatlar uchun jazoni muddatidan ilgari shartli ozod qilish imkoniyati ham cheklanadi.
Qozog‘iston: Umrbod ozodlikdan mahrum qilish.
Qirg‘iziston: 15 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish yoki umrbod qamoq jazosi.
Tojikiston: 14 yoshga to‘lmagan qizni zo‘rlaganlik uchun 12 yildan 25 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish yoki umrbod qamoq jazosi. Jinoyat kodeksi sanksiyasida o‘lim jazosi tilga olingan, ammo uni qo‘llash moratoriy bilan to‘xtatilgan. Jinsiy xususiyatga ega majburlov harakatlari uchun 20 yildan 25 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish yoki umrbod qamoq jazosi.
Turkmaniston: 14 yoshga to‘lmagan qizni zo‘rlaganlik uchun – 10 yildan 25 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish. Ushbu yoshdagi o‘g‘il bolaga nisbatan majburiy bachchabozlik uchun – 10 yildan 20 yilgacha. Jinsiy ehtiyojni buzuq shakllarda majburiy qondirganlik uchun – 10 yildan 20 yilgacha.
14-17 yoshli o‘smirlarga nisbatan kuch ishlatib sodir etilgan jinsiy jinoyatlar
O‘zbekiston: 10 yildan 15 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish. Shuningdek, bunday jinoyatlar uchun jazoni muddatidan ilgari shartli ozod qilish imkoniyati ham cheklanadi.
Qozog‘iston: 15 yildan 17 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish. Agar jinoyat ikki yoki undan ortiq voyaga yetmaganga nisbatan sodir etilgan bo‘lsa yoki qonunda nazarda tutilgan hollarda ota-ona, o‘gay ota, pedagog yoki bolani tarbiyalashi shart bo‘lgan boshqa shaxs tomonidan sodir etilsa, jazo 17 yildan 20 yilgacha yoki umrbod ozodlikdan mahrum qilish bo‘lishi mumkin.
Qirg‘iziston: 15 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish yoki umrbod qamoq jazosi.
Tojikiston: 7 yildan 12 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish va muayyan lavozimlarni egallash yoki muayyan faoliyat bilan shug‘ullanish huquqidan umrbod mahrum qilish. Boshqa og‘irlashtiruvchi holatlarda jazo yanada og‘irroq bo‘lishi mumkin.
Turkmaniston: Voyaga yetmagani aniq bo‘lgan qizni zo‘rlaganlik uchun – 5 yildan 15 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish. Voyaga yetmaganga nisbatan majburiy bachchabozlik uchun – 5 yildan 10 yilgacha.
16 yoshga to‘lmagan shaxs bilan zo‘ravonlik alomatlarisiz sodir etilgan jinsiy harakatlar
O‘zbekiston: 3 yildan 5 yilgacha ozodlikni cheklash yoki shu muddatga ozodlikdan mahrum qilish. Moddiy qimmatliklar yoki boshqa manfaatlar berish orqali sodir etilgan bo‘lsa, 5 yildan 8 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish. Takroran, yaqin qarindoshga nisbatan yoki jabrlanuvchini tarbiyalash, o‘qitish yoki vasiylik qilish majburiyati bo‘lgan shaxs tomonidan sodir etilgan bo‘lsa, 8 yildan 10 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish.
Qozog‘iston: 5 yilgacha ozodlikni cheklash yoki shu muddatga ozodlikdan mahrum qilish, shuningdek, muayyan lavozimlarni egallash yoki muayyan faoliyat bilan shug‘ullanish huquqidan umrbod mahrum qilish. Jinoyat ota-ona, o‘gay ota, o‘gay ona, pedagog yoki bolani tarbiyalashi shart bo‘lgan boshqa shaxs tomonidan sodir etilgan bo‘lsa, 7 yildan 12 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish. Takroran yoki ikki va undan ortiq shaxsga nisbatan sodir etilganda 12 yildan 15 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish.
Qirg‘iziston: 8 yildan 10 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish.
Tojikiston: 2 yildan 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish va muayyan lavozimlarni egallash yoki muayyan faoliyat bilan shug‘ullanish huquqidan umrbod mahrum qilish. Takroran, xizmat mavqeidan foydalanib, kasallik yuqtirishga olib kelgan bo‘lsa yoki ota-ona, pedagog yoki bolani o‘qitishi va tarbiyalashi shart bo‘lgan boshqa shaxs tomonidan sodir etilgan bo‘lsa, 3 yildan 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish. OIV yuqtirilganda 5 yildan 8 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish.
Turkmaniston: Belgilangan bazaviy miqdorning 10 baravaridan 30 baravarigacha jarima, 2 yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki 3 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish.
16 yoshga to‘lmagan bolalarga nisbatan qilingan uyatsiz harakatlar
O‘zbekiston: 2 yildan 3 yilgacha ozodlikni cheklash yoki ozodlikdan mahrum qilish. Agar jabrlanuvchi 14 yoshga to‘lmagan bo‘lsa yoki boshqa og‘irlashtiruvchi holatlar mavjud bo‘lsa, 3 yildan 5 yilgacha.
Qozog‘iston: 7 yildan 12 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish va muayyan lavozimlarni egallash yoki muayyan faoliyat bilan shug‘ullanish huquqidan umrbod mahrum qilish.
Qirg‘iziston: 7 yildan 10 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish.
Tojikiston: 2 yilgacha ozodlikni cheklash yoki shu muddatga ozodlikdan mahrum qilish. Muayyan og‘irlashtiruvchi holatlarda – 5 yildan 8 yilgacha.
Turkmaniston: 3 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish.
Live
BarchasiJizzaxda 10 yoshli qiz zo‘rlandi
06 Oktyabr