Samarqandda 10 mingdan ortiq yaroqsiz aroqni sotayotganlar aniqlandi
3-sahifa
−
29 avgust
3693Samarqand viloyatidagi 3 ta savdo do‘konidan 10 202 dona iste’molga yaroqsiz alkogol mahsulotlari ashyoviy dalil sifatida olindi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, departamentning Samarqand viloyati boshqarmasi, Payariq va Narpay tumani bo‘limlari va IIB xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirlarda “M.B.”, "Y.S" va “I.” MCHJlarga qarashli savdo do‘konlari sotuvchilari xaridorlarga qalbaki aksiz markali alkogol mahsulotlarini sotayotgan vaqtlarida ushlanib, ushbu savdo do‘konlaridan umumiy bahosi 334 mln so‘mlik turli nomdagi jami 10 202 dona iste’molga yaroqsiz alkogol mahsulotlari ashyoviy dalil sifatida olingan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Andijondagi yog‘ sexidan 1,6 mlrd so‘mlik yaroqsiz alkogol mahsulotlari topilgan edi.
LiveBarchasi