Samarqandda 10 kilodan ortiq marixuanani uyida saqlab kelgan shaxs ushlandi
3-sahifa
−
13 may
3919Samarqandda 10 kg dan ortiq giyohvand moddani sotish uchun xonadonida saqlab kelayotgan shaxs qo‘lga tushdi. Bu haqda QALAMPIR.UZ manbasi xabar berdi.
DXX Samarqand viloyati boshqarmasi tomonidan giyohvandlik vositalarining noqonuniy aylanmasiga qarshi kurashish yo‘nalishida o‘tkazilayotgan tadbirlardan birida 1975 yilda tug‘ilgan, Qo‘shrabot tumanida yashovchi fuqaro N.X.ning giyohvandlik vositalari noqonuniy savdosi bilan shug‘ullanib kelayotgani aniqlandi.
Viloyat IIB xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda N.X.ning yashash xonadoni ko‘zdan kechirilganda kelgusida sotish maqsadida saqlab kelinayotgan 10 kg 395 gr. marixuana giyohvandlik vositasi borligi aniqlanib, xolislar ishtirokida protsessual tartibda rasmiylashtirib olindi.
Mazkur holat bo‘yicha N.X.ga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atish rejalashtirilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, yil boshida Samarqand viloyatining Jomboy tumanida salkam 32 kg marixuanani uyida saqlagan shaxs ushlangandi.
LiveBarchasi