Samarqandda 1,8 mlrd so‘mlik tokni o‘g‘irlagan mayning ferma aniqlandi

3-sahifa

image

Samarqand shahrida 1,8 mlrd so‘mlik elektr energiyasini o‘g‘irlagan mayning ferma aniqlandi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar berdi. 

Qayd etilishicha, Samarqand shahridagi “S.M.” oilaviy korxonasi rahbari A.I. va korxonaga qarashli mebel sexi ustasi A.N. lar mebel sexini o‘zboshimchalik bilan tarmoqqa ulagan holda noqonuniy mayning faoliyati bilan shug‘ullanishi oqibatida 1,8 mlrd so‘mlik elektr energiyasini o‘g‘irlik yo‘li bilan talon-toroj qilgan.

Bildirilishicha, mazkur holat yuzasidan I.A. va A.N. ga nisbatan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o‘g‘irlik) 4-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent shahri Mirzo Ulug‘bek tumanidagi “S.T.” MCHJ mansabdor shaxslari va boshqalar jamiyatga qarashli konteynerga 40 dona mayning qurilmalarini o‘rnatib, 2,1 milliard so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalangani aniqlangan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Samarqand elektr energiyasi mayning ferma

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing