Samarqandda 1,3 mlrd so‘mlik gazdan o‘g‘rincha foydalangan issiqxona aniqlandi
3-sahifa
−
21 fevral
4007Samarqandda 1,3 mlrd so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalangan issiqxona aniqlandi. Bu haqda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.
Ma’lum bo‘lishicha, departamentning Paxtachi tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda “X.Q.” MCHJning rahbari R.X. korxonaning “Qirguli” mahallasidagi 1,5 gektar yer maydonida issiqxona tashkil etib, ushbu issiqxonani hech qanday hujjatsiz tijorat maqsadida umumiy foydalanishdagi gaz tarmog‘iga o‘g‘rilik yo‘li bilan ulab, jami 1,3 mlrd so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalanganligi aniqlangan.
“Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o‘g‘rilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda” , deyiladi departamentning xabarida.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Samarqand va Farg‘ona viloyatida tabiiy gaz va elektr quvvatidan noqonuniy foydalanganlar aniqlangandi.
Javohir Yo‘ldashov