Davlatning gaz va “svet”ini o‘g‘irlaganlar ushlandi

Jamiyat

image

Samarqand va Farg‘ona viloyatida tabiiy gaz va elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish holatlari aniqlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi. 

Ma’lum qilinishicha, departamentning Paxtachi tuman bo‘limi tomonidan gaz ta’minoti bo‘limi xodimlari bilan hamkorlikda tergovga qadar tekshiruv  o‘tkazilgan. Tadbir davomida “Bo‘ston” MFY hududidagi xonadonda yashovchi U.O. o‘z uyida qurgan issiqxonani hech qanday hujjatsiz tijorat maqsadida umumiy foydalanishdagi gaz tarmog‘iga o‘g‘rilik yo‘li bilan ulab, shu orqali 148,1 mln so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalangani fosh yetildi.

Shuningdek, departamentning Marg‘ilon shahar bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tadbir davomida “M.P.” MCHJ rahbari M.P. (muqaddam sudlangan) “Pichoqchi” MFY hududidagi parrandachilik binosini hech qanday hujjatsiz tijorat maqsadida umumiy foydalanishdagi elektr tarmog‘iga o‘g‘rilik yo‘li bilan ulab, shundan 140 mln so‘mlik elektr quvvatidan noqonuniy foydalanganligi aniqlangan.

“Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o‘g‘rilik) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda”, deyiladi departamentning xabarida.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq Samarqandda 3 mlrd so‘mdan ziyod gazdan noqonuniy foydalangan issiqxona aniqlangandi.

Javohir Yo‘ldashov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

gaz svet

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing