Samarqandda 3 mlrd so‘mdan ziyod gazdan noqonuniy foydalangan issiqxona aniqlandi
3-sahifa
−
11 fevral
5643Samarqand viloyati Paxtachi tumanida joylashgan issiqxonada 3 mlrd 300 mln so‘mlik gazdan noqonuniy foydalanilgani ma’lum bo‘ldi. Bu haqda QALAMPIR.UZ manbasi xabar berdi.
Bildirilishicha, DXX xodimlari tomonidan 1973 yilda tug‘ilgan R.X. rahbarligidagi Paxtachi tumani Qirguli mahallasida joylashgan “H.Q.S.” MCHJga qarashli issiqxona ko‘zdan kechirilganida tumanning “Qirguli”, “Hayitelbegi” va “Dehqonobod” MFYlari aholisi(jami 700 ta xonadon)ni tabiiy gaz bilan ta’minlovchi diametri 159 mm bo‘lgan o‘rta bosimli tabiiy gaz tarmog‘iga 25 mm.li polietilen quvuri orqali noqonuniy ulanib, foydalanib kelinayotgani aniqlangan.
Hisob-kitoblarga ko‘ra, tabiiy gazni noqonuniy ishlatish orqali davlat byudjetiga 3 mlrd 300 mln so‘mlik zarar yetkazilgan.
"Hozirda ushbu holat bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi JKning tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, surishtiruv harakatlari olib borilmoqda", deyiladi ushbu xabarda.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda Bosh prokuratura huzuridagi Departament tomonidan o‘tkazilgan tekshiruvda qariyb milliard so‘mlik gaz o‘g‘irlangani aniqlangandi.
LiveBarchasi