Samarqandda hokim yordamchilari ming dollar olayotganda ushlandi
3-sahifa
−
08 yanvar
6649Samarqand viloyatida DXX hamda viloyat IIB xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda hokim yordamchilari qo‘lga olindi. Bu haqda QALAMPIR.UZ manbasi xabar berdi.
Unga ko‘ra, Samarqand tumanidagi mahallalarda hokim yordamchisi bo‘lib ishlovchi 2 nafar shaxs o‘zaro til biriktirib, boshqa bir fuqaroni aldashga uringan. Gumonlanuvchilar fuqaroga hokimlik zaxirasidagi 3,5 sotix bo‘sh yer maydonini auksionga chiqarib, uning g‘olib bo‘lishini ta’minlash va tuman hokimligida ishlovchi tanishlari orqali kadastr hujjatlarini qonuniy rasmiylashtirib berishni va’da qilgan. Buning evaziga esa ular 1 ming 300 AQSH dollari talab qilgan. Shundan so‘ng, ushbu pulning ming dollarini olayotgan vaqtida qo‘lga olingan.
Bundan tashqari, Samarqand davlat universiteti Matematika fakulteti tyutori vazifasida ishlovchi, 1975 yilda tug‘ilgan shaxs Pensiya jamg‘armasining mansabdor shaxslari bilan til biriktirib, fuqarolarga 20 yillik ish staji qo‘shib, nafaqaga chiqarib berishga so‘z bergan. Tyutor buning evaziga firibgarlik yo‘li bilan 3 ming dollar olayotgan vaqtida ushlangan.
Ma’lum qilinishicha, hozirda yuqorida keltirilgan barcha shaxslarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Andijonda ehtiyot chorasi sifatida qamoqqa olingan shaxsni ozodlikka chiqarib berishni va’da qilgan firibgar ushlangandi.
LiveBarchasi