Samarqandda hamshiraning boshini bokal bilan urib, yorgan bog‘cha mudirasi ishdan olindi
Jamiyat
−
14 iyul 2022
10413Avvalroq Samarqand viloyatining Qo‘shrabot tumanida maktabgacha ta’lim tashkiloti mudiri boshqa bir xodimning boshini bokal bilan urib, yorgani haqida xabar bergan edik. Maktabgacha ta’lim vazirligi holat yuzasidan rasmiy ma’lumot berdi.
Bildirilishicha, voqea tuman maktabgacha ta’lim bo‘limiga qarashli 16-son DMTTda joriy yilning 1 iyun kuni yuz bergan. Mudira v.v.b. Ch.A. va hamshira vazifasida ishlovchi E.G. o‘zaro kelishmovchilik natijasida janjallashib, Ch.A. janjal davomida E.G.ning bosh qismiga kofe idishi (bokal) bilan urib, tan jarohati yetkazgan.
Payarik tumani STEBning xulosasiga ko‘ra, E.G.ning tanasida, ya’ni boshining chap chakka sohasida ezilib yirtilgan yara jarohatlari aniqlangan. Xulosada ushbu jarohat o‘tmas qattiq jismlarning bir marotaba zarb ta’siridagi mexanizmidan yetkazilganligi, odatda kechuvida sog‘likni qisqa – olti kundan ortiq, ammo yigirma bir kundan ko‘p bo‘lmagan muddatga buzilishiga olib kelishi, shuning uchun og‘irlik darajasiga ko‘ra “yengil tan jarohatlari” guruhiga kirish qayd etilgan.
Holat yuzasidan 2 iyun kuni Qo‘shrabot tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 109-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov harakatlari olib borilmoqda.
Tergov natijalari bo‘yicha qo‘shimcha ravishta rasmiy munosabat bildiriladi.
Shuningdek, holat sabab mazkur MTTda faoliyat yuritayotgan vaqtinchalik rahbarlik lavozimi yuklatilgan metodist Ch.A. va hamshira vazifasida ishlovchi E.G. bilan mehnat shartnomalari bekor qilingan.
LiveBarchasi
Medvedev Xitoyga bordi.
10:15