Samarqandda yengil metro quriladi

Jamiyat

image

Yaqin vaqt ichida Samarqand viloyatida yengil metro qurilishi boshlanadi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari Aziz Abduhakimov ma’lum qildi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev joriy yilning 26 iyul kuni Samarqand viloyatiga tashrifi chog‘ida Samarqand tumanidagi eshkak eshish kanali bo‘yida turistik markaz qurilishi loyihasi taklifi bilan tanishdi. Majmua uchun 360 gektar yer ajratilishi, uning 80 gektarida anjumanlar markazi, mehmonxonalar va boshqa ob’ektlar qurilishi mo‘ljallangan.

Mehmonxonalar 5, 4 va 3 yulduzli bo‘lib, barcha toifadagi sayyohlarni qamrab oladi. Sayilgohlar, suzish joylari, sun’iy orolchalar, restoranlar tashkil etiladi.

Aziz Abduhakimovning so‘zlariga ko‘ra, transport infrastrukturasi bilan ta’minlash va uni rivojlantirish maqsadida Prezident yengil metro qurilishini boshlash to‘g‘risida ko‘rsatma bergan.


Maqola muallifi

Teglar

Samarqand Aziz Abduhakimov Engil metro

Baholaganlar

94

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing