Samarqand viloyati hokimiga yangi o‘rinbosar lavozimi joriy qilindi

Jamiyat

image

Samarqand viloyati hokimligi boshqaruvi tuzilmasiga o‘zgartirish kiritildi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

Ma’lum qilinishicha, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining joriy yil 3 iyunda qabul qilingan qaroriga ko‘ra, Samarqand viloyati hokimligi boshqaruv apparati tuzilmasida viloyat hokimining sanoatni rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari — “Urgut” erkin iqtisodiy zonasi direksiyasi rahbari hamda viloyat hokimining sanoatni rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari — “Urgut” erkin iqtisodiy zonasi direksiyasi rahbarining kotibiyat mudiri lavozimlari joriy etildi.

Qayd etilishicha, O‘zbekiston Prezidenti joriy yil 15-16 aprel kunlari Samarqand viloyatiga amalga oshirgan tashrifi chog‘ida Samarqand viloyati hokimining sanoatni rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimi joriy etilishi va bu vazifani ayni paytda “Urgut” erkin iqtisodiy zonasi direksiyasi rahbari bo‘lgan Jamshid Haydarov bajarishini qayd etgandi.

Yangi o‘rinbosar lavozimi joriy etilishi munosabati bilan “Samarqand viloyati hokimining sanoatni rivojlantirish, kapital qurilish, kommunikatsiyalar va kommunal xo‘jalik masalalari bo‘yicha o‘rinbosari” lavozimi “Samarqand viloyati hokimining kapital qurilish, kommunikatsiyalar va kommunal xo‘jalik masalalari bo‘yicha o‘rinbosari” lavozimi etib nomlandi (ushbu vazifada Akmal Shukurov ishlab kelmoqda).

Vazirlar Mahkamasi qarorida Samarqand viloyat hokimining sanoatni rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari — “Urgut” erkin iqtisodiy zonasi direksiyasi rahbarining asosiy vazifalari belgilangan.


Maqola muallifi

Teglar

Samarqand

Baholaganlar

116

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing