Samarqand kuchli chang-to‘zon ichida qoldi (video)
Jamiyat
−
18 iyun 2023
33589Samarqand viloyatining bir qancha tumanlarida kuchli chang-to‘zon kuzatilmoqda. Bu haqda O‘zgidromet yetakchi mutaxassisi, iqlimshunos olim Erkin Abdulahadov xabar berdi.
Bugun, 18 iyun kuni soat 10:30 holatiga ko‘ra, Samarqand aeroportida ko‘rinish masofasi 2000 metrgacha cheklangan, chang bo‘roni ro‘yxatga olingan.
Samarqand viloyatining Pastdarg‘om, Jomboy va Bulung‘ur tumanlarida soat 11:30 dan hududda kuzatilayotgan kuchli shamol va chang to‘zonlari oqibatida elektr uzatish liniyalarida xavfsizlikni ta’minlash uchun elektr energiya vaqtincha tarmoqdan uzilgan.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 18 iyun kunida ba’zi joylarda shamol tezligi 22-25 m/s gacha kuchayishi, chang-to‘zon kuzatilishi ma’lum qilingan edi.
LiveBarchasi