“Samarqand darvoza”da kuchli yong‘in sodir bo‘ldi (video)
3-sahifa
−
16 mart
16667Bugun, 16 mart kuni Toshkent shahrida kuchli yong‘in sodir bo‘ldi. Bu haqda Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi QALAMPIR.UZ'ga ma’lum qildi.
Bildirilishicha, tungi soat 00:25 atrofida boshqarmaga “Samarqand darvoza” mahalla fuqarolar yig‘ini, Birinchi qizil tamg‘a ko‘chasi, 26-uyda yong‘in sodir bo‘lgani haqida xabar kelib tushgan. 4 nafar yong‘in qutqaruv bo‘linmalari 00:30 da voqea joyiga yetib borgan va 00:48 da yong‘in qurshab olinib, 01:01 da ofat bartaraf etilgan.
Unda kafe va xo‘jalik mollari do‘koni tom qismining 120 kv metri yongan. Binoning 50 kv metri saqlab qolingan. Voqea guvohlari tomonidan bildirilgan boshqa ma’lumotlarga ko‘ra, yana ikkita uy ham jiddiy zarar ko‘rgan. Jabrlanganlar yo‘q.
Yong‘inning kelib chiqish sabablari aniqlanmoqda va surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Andijon viloyati Oltinko‘l tumanida maktab yonidagi oshxonada yong‘in yuz bergani haqida xabar bergan edik.