Samarqand aeroporti yana qancha yopiq turishi ma’lum bo‘ldi

Jamiyat

image

Samarqand xalqaro aeroportida yangi aerodrom kompleksi va yangi aeronavigatsiya uskunalarini foydalanishga tayyorlash bilan bog‘liq ishlar davom etayotgani sababli aeroportning yopiqligi dekabr oyiga qadar uzaytirildi. Bu haqda “Uzbekistan Airports” Matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, Samarqand aeroportining yopiqligi joriy yilning 15 dekabriga qadar uzaytirilgani sabab barcha aviareyslar respublikaning boshqa xalqaro aeroportlari – “Navoiy”, “Buxoro”, “Qarshi”ga yo‘naltiriladi.

Ma’lumot o‘rnida, Samarqandda 2022 yilda bo‘lib o‘tadigan SHHT sammitiga tayyorgarlik doirasida yangi aerodrom kompleksi qurilishi davom etmoqda.

Eslatib o‘tamiz, bunga qadar Samarqand xalqaro aeroportida yangi aerodrom majmuasini ishga tushirishga tayyorgarlik ko‘rish munosabati bilan parvozlar 20 oktyabridan 20 noyabrigacha vaqtincha to‘xtatilgani ma’lum qilingandi. 


Maqola muallifi

Teglar

Samarqand aeroport

Baholaganlar

146

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing