Samarqandda Lacetti xonadon devoriga urildi. Ikki kishi halok bo‘ldi

3-sahifa

image

Joriy yilning 29 iyul kuni Samarqand viloyatining Urgut tumanida Lacetti avtomobili yuqori tezlikda xonadon devoriga urilishi oqibatida ikki kishi halok bo‘ldi. Bu haqda IIV YHXBB Matbuot xizmati xabar berdi.

YTH taxminan soat 16:40 da Urgut tumani Ustaxona qishlog‘i hududidan o‘tgan A-377 Samarqand-Ayniy avtomobil yo‘lining 28-kmda sodir bo‘lgan. Katta tezlikda harakatlangan Lacetti haydovchisi boshqaruvni yo‘qotib, yo‘ldan chiqib ketgan va yo‘l chetidagi uyga borib urilgan.

YTH oqibatida 24 yoshli haydovchi va mashinadagi 16 yoshli yo‘lovchi voqea joyida vafot etdi.

Mazkur holat yuzasidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

YTH

Baholaganlar

331

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing