Saltanat Nukenovaning o‘ldirilishi: sud tergovi tugadi

Olam

image

Ostonada Qozog‘iston sobiq milliy iqtisodiyot vaziri Kuandik Bishimbayev ishi bo‘yicha sud tergovi yakunlandi. Bu haqda “Orda.kz” xabar berdi.

Kuandik Bishimbayev quyidagi moddalar bilan ayblanmoqda:

  • Jinoyat kodeksining 99-moddasi 2-qismi 5-bandi bilan (“O‘ta shafqatsizlik bilan sodir etilgan qotillik”)
  • Jinoyat kodeksining 110-moddasi 2-qismi (“Qiynoqlar”) bo‘yicha.

Aniqlik kiritilishicha, u “Qiynoqlar” moddasi bo‘yicha aybini tan olmagan.

“Nukenovaning o‘limiga sabab bo‘lgan kaltaklarni o‘zim qilganimni tan olaman. Lekin men buni qasddan qilganimni, uning o‘limini xohlaganimni, ayniqsa shafqatsiz tarzda qilganimni tan olmayman. O‘rtamizda kelishmovchilik bor edi, men uni kaltakladim. Men har doim buning uchun o‘zimni aybdor deb hisoblayman, deb aytdim. Gap shundaki, men Nukenovani kaltaklaganman, oqibatda u bosh miya jarohati olgan va bu uning o‘limiga sabab bo‘lgan”, deydi Kuandik Bishimbayev suddagi nutqida.

Ikkinchi sudlanuvchi “Gastromarkaz” direktori Baxitjan Bayjanov (Bishimbayevning qarindoshi) o‘z aybini to‘liq tan olmagan.

Sud sud tergovini tugagan deb e’lon qildi va bahsga tayyorgarlik ko‘rish uchun vaqt berdi. Sud muhokamasi 29 aprelda boshlanadi va 30 aprel, 2 may, 3 may va ehtimol 4 mayda ham davom etadi.

27 martdan boshlab ushbu ish bo‘yicha 17 ta sud majlisi bo‘lib o‘tdi.

Eslatib o‘tamiz, 2023 yilning noyabr oyida bir qator qozoq mahalliy OAVlarida Ostona shahridagi restoranlardan birida Saltanat Nukenova ismli ayol kaltaklanib, tez yordam kelguniga qadar vafot etgani haqida xabarlar tarqaldi. Keyinchalik ayol sobiq vazir Kuandik Bishimbayevning rafiqasi bo‘lgani va uni Bishimbayev o‘ldirgani aytildi. 

Mutaxassislar marhuma Nukenovaning tanasida pichoq jarohatlari izini topmagan. Taxminlarga ko‘ra, u boshiga to‘mtoq jism bilan berilgan kuchli zarbadan halok bo‘lgan.

Ma’lumot uchun, 43 yoshli Kuandik Bishimbayev turli vaqtlarda Prezident yordamchisi, Sanoat va savdo vaziri o‘rinbosari, Savdo va iqtisodiy rivojlanish vaziri o‘rinbosari, “Samruk-Kazina” jamg‘armasi raisi o‘rinbosari, “Bayterek” xolding boshqaruvi raisi bo‘lgan.

2016 yilning mayidan dekabrigacha Qozog‘iston Milliy iqtisodiyot vaziri bo‘lgan. 2017 yilning yanvarida u o‘g‘rilikda ayblanib hibsga olingan, 2018 yil mart oyida esa 10 yilga ozodlikdan mahrum etilgan.

Keyinchalik uning jazo muddati ikki baravarga qisqartirilgan va 2019 yilning oktyabrida Bishimbayev ozodlikka chiqqan.

Ushbu voqea bo‘yicha to‘liq ma’lumotni quyidagi havola orqali o‘qishingiz mumkin.


Maqola muallifi

Teglar

Kuandik Bishimbaev Saltanat Nukenova

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing