Kurs UZS

USD

12 953.20

15.09

EUR

14 058.11

-18.55

RUB

151.13

1.14

Bishimbayev jazo o‘tayotgan qamoqxonasini sudga berdi

Olam

image

Rafiqasi Saltanat Nukenovaning vahshiylarcha o‘ldirilishida aybdor deb topilib, 24 yillik qamoq jazosiga hukm qilingan Qozog‘istonning sobiq milliy iqtisodiyot vaziri Kuandik Bishimbayev o‘zi jazo o‘tayotgan koloniya ma’muriyatini sudga berdi. Bu haqda “Nur.kz” xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, mahkum muassasa tomonidan rag‘batlantirilmayotgani sabab sudga ariza bilan murojaat qilgan. 

Nashrga ko‘ra, jazoni o‘tash tartibi buzilgan taqdirda, rag‘batlantirish choralari qo‘llanilmaydi. Bishimbayev esa ushbu tartibni bir marotaba buzgan. 

“Mazkur mahkumning bitta qoidabuzarligi borligi hisobga olinib, unga nisbatan rag‘batlantirish chorasi qo‘llanilmagan. Sud mahkumning da’vosini qanoatlantirmadi”, deyiladi xabarda. 

Bishimbayev ishi 

2023 yilning 9 noyabr kuni Qozog‘iston Respublikasi sobiq milliy iqtisodiyot vaziri Kuandik Bishimbayevning turmush o‘rtog‘i Saltanat Nukenova tan jarohati olib, Ostonadagi restoranlardan birida vafot etdi. Sud jarayoni ochiq rejimda o‘tdi va Qozog‘iston Respublikasi Oliy sudining YouTube-kanalida onlayn translyatsiya qilib borildi. Sud jarayonida hakamlar hay’ati ishtirok etdi. May oyi o‘rtalarida Saltanat Nukenovani o‘ldirish va qiynoqlar qo‘llashda ayblanib, Kuandik Bishimbayev 24 yillik qamoq jazosiga hukm qilingan edi. may kuni Kuandik Bishimbayev ishi bo‘yicha apellyatsiya shikoyati berilgan. 11 iyun kuni apellyatsiya shikoyati Ostona sudiga topshirildi. 2024 yil 26 iyun kuni Ostona sudi sud hay’ati tomonidan Kuandik Bishimbayev va Baxitjan Bayjanovning apellyatsiyasi bo‘yicha qabul qilingan qarorni e’lon qildi. Har ikki mahkumga nisbatan chiqarilgan hukmlar o‘zgarishsiz qoldirildi. 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Kuandik Bishimbayevning jazoni o‘ziga tayinlangan joyda o‘tamayotgani, balki butunlay qochib ketgani haqida tarqalgan xabarlarga Jinoiy jazolarni ijro etish tizimi qo‘mitasi munosabat bildirgandi. Sobiq vazirning “g‘oyib bo‘lishi” haqida AIRAN jurnalistlari xabar bergandi. Ular suddan so‘ng Bishimbayev Arshali qishlog‘i yaqinidagi koloniyaga jo‘natilishi kerak bo‘lganini aytgan. Telekanalning suratga olish guruhi koloniyada hukm qilingan shaxs borligini tekshirishga borgan, ammo uni topa olmagan.

Shu zahoti ijtimoiy tarmoqlarda shov-shuv ko‘tarilib, sobiq amaldor go‘yo uzoq vaqt ozodlikda, eng yomoni esa – ayni paytda xorijdaligi haqida taxminlar paydo bo‘lgan. Biroq jazoni ijro etish xizmati Bishimbayevning qochgani haqidagi ma’lumotni darhol inkor etgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Qozog'iston Kuandik Bishimbaev

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing