Bishimbayev jazoni qanday o‘tayotgani aytildi

Olam

image

Rafiqasi Saltanat Nukenovaning vahshiylarcha o‘ldirilishida aybdor deb topilib, 24 yillik qamoq jazosiga hukm qilingan Qozog‘istonning sobiq milliy iqtisodiyot vaziri Kuandik Bishimbayev boshqa mahkumlar bilan teng va bir xil sharoitlarda jazo o‘tamoqda. Bu haqda Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari, Jazoni ijro etish tizimi qo‘mitasi raisi Abay Qayirbekov ma’lum qildi.

Qayirbekovning so‘zlariga ko‘ra, Bishimbayev boshqa mahbuslar qatori axloq tuzatish muassasasida saqlanmqoda.

“Bishimbayev jazoni jinoyat-ijroiya qonunchiligining barcha talablariga muvofiq, boshqa mahkumlar bilan teng va bir xil sharoitlarda jazo o‘tamoqda”, dedi Qayirbekov.

Bishimbayevning qamoqxonadagi ish joyi va daromadi haqidagi savolga vazir o‘rinbosari javob berar ekan, u bu ma’lumotlar shaxsiy ma’lumotlar toifasiga kirishini aytdi.

“Mahbuslarni ishga joylashtirishga oid savollar shaxsiy ma’lumotlar hisoblanadi va faqat qarindoshlari hamda advokatlariga beriladi. Umuman olganda, shuni aytishim mumkinki, muassasamizdagi mahkumlarning yarmiga yaqini ish bilan ta’minlangan. Joriy yilda biz ish bilan ta’minlangan mahkumlar sonini 3000 nafarga oshirdik va bu ishni yana davom ettiramiz”, deya tushuntirdi u.

Jurnalistlar, shuningdek, sobiq vazir alohida kamerada saqlanyaptimi yoki yo‘qmi, deb so‘ragan.

“U boshqa mahkumlar qatorida umumiy asosda jazoni o‘tayapti. Ushbu mahkum uchun alohida shart-sharoit, imtiyoz va talablar yo‘q”, deya ta’kidlagan Qayirbekov.

Bishimbayev ishi 

2023 yilning 9 noyabr kuni Qozog‘iston Respublikasi sobiq milliy iqtisodiyot vaziri Kuandik Bishimbayevning turmush o‘rtog‘i Saltanat Nukenova tan jarohati olib, Ostonadagi restoranlardan birida vafot etdi. Sud jarayoni ochiq rejimda o‘tdi va Qozog‘iston Respublikasi Oliy sudining YouTube-kanalida onlayn translyatsiya qilib borildi. Sud jarayonida hakamlar hay’ati ishtirok etdi. May oyi o‘rtalarida Saltanat Nukenovani o‘ldirish va qiynoqlar qo‘llashda ayblanib, Kuandik Bishimbayev 24 yillik qamoq jazosiga hukm qilingan edi. may kuni Kuandik Bishimbayev ishi bo‘yicha apellyatsiya shikoyati berilgan. 11 iyun kuni apellyatsiya shikoyati Ostona sudiga topshirildi. 2024 yil 26 iyun kuni Ostona sudi sud hay’ati tomonidan Kuandik Bishimbayev va Baxitjan Bayjanovning apellyatsiyasi bo‘yicha qabul qilingan qarorni e’lon qildi. Har ikki mahkumga nisbatan chiqarilgan hukmlar o‘zgarishsiz qoldirildi. 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Kuandik Bishimbayevning jazoni o‘ziga tayinlangan joyda o‘tamayotgani, balki butunlay qochib ketgani haqida tarqalgan xabarlarga Jinoiy jazolarni ijro etish tizimi qo‘mitasi munosabat bildirgandi. Sobiq vazirning “g‘oyib bo‘lishi” haqida AIRAN jurnalistlari xabar bergandi. Ular suddan so‘ng Bishimbayev Arshali qishlog‘i yaqinidagi koloniyaga jo‘natilishi kerak bo‘lganini aytgan. Telekanalning suratga olish guruhi koloniyada hukm qilingan shaxs borligini tekshirishga borgan, ammo uni topa olmagan.

Shu zahoti ijtimoiy tarmoqlarda shov-shuv ko‘tarilib, sobiq amaldor go‘yo uzoq vaqt ozodlikda, eng yomoni esa – ayni paytda xorijdaligi haqida taxminlar paydo bo‘lgan. Biroq jazoni ijro etish xizmati Bishimbayevning qochgani haqidagi ma’lumotni darhol inkor etgandi.

Rafiqasi Saltanat Nukenovaning vahshiylarcha o‘ldirilishida aybdor deb topilib, 24 yillik qamoq jazosiga hukm qilingan Qozog‘istonning sobiq milliy iqtisodiyot vaziri Kuandik Bishimbayev o‘zi jazo o‘tayotgan koloniya ma’muriyatini sudga bergandi. U muassasa tomonidan rag‘batlantirilmayotgani sabab sudga ariza bilan murojaat qilgan. 


Maqola muallifi

Teglar

Qozog'iston Kuandik Bishimbaev Saltanat Nukenova Abay Qayirbekov

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing