“Salimboyvachcha” ozodlikka chiqdi
3-sahifa
−
13 yanvar
14905Xalq orasida "Salimboyvachcha" nomi bilan mashhur Salim Abduvaliyev ozodlikka chiqarildi. Bu haqda QALAMPIR.UZ manbasi xabar berdi.
Salim Abduvaliyev kasalligi tufayli kecha, 12 yanvar kuni Jinoyat kodeksining 75-moddasi (Kasallik yoki mehnat qobiliyatini yo‘qotish oqibatida jazodan ozod qilish) tartibida jazodan ozod qilingan va ozodlikka chiqarilgan.
Ma’lumot uchun, Salim Abduvaliyev 2023 yilning 1 dekabr kuni huquq-tartibot idoralari tomonidan O‘zbekistonda kriminogen vaziyatni yaxshilash, jinoyatchilikka qarshi kurashish bo‘yicha noyabr oyida boshlangan “Dolzarb 40 kunlik” tadbirlari davomida Toshkentning Fayzobod dahasida joylashgan uyidan olib ketilgan.
2024 yil 19 mart kuni jinoyat ishlari bo‘yicha Mirobod tuman sudida Salim Abduvaliyevga oid jinoyat ishini ko‘rib chiqish bo‘yicha sud jarayoni yakunlanib, hukm e’lon qilingan.
Sud hukmiga ko‘ra, Salim Abduvaliyev Jinoyat kodeksining 246-moddasi (kontrabanda) 1-qismi bilan jinoiy javobgarlikka tortish muddati o‘tib ketganligi sababli jinoiy javobgarlikdan ozod etilib, jinoyat ishining shu qismi Jinoyat-protsessual kodeksining 84-moddasi (ayblilik to‘g‘risidagi masalani hal qilmay turib jinoyat ishini tugatish uchun asoslar) 1-qismi 1-bandiga asosan tugatilgan.
Salim Abduvaliyev Jinoyat kodeksining 248-moddasi (o‘qotar qurolning, o‘q-dorilarning, o‘qotar qurol asosiy qismlarining, portlovchi moddalarning, portlatish vositalarining yoki portlatish qurilmalarining qonunga xilof muomalasi) 2-qismida nazarda tutilgan jinoyatni sodir qilganlikda aybdor deb topilib, unga 6 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan. Tayinlangan jazoni umumiy tartibli koloniyada o‘tattirilish belgilangan.
LiveBarchasi
Samarqand shahrida metro quriladi.
14 yanvar