Salim Abduvaliyev sport kurashlari assosiatsiyasi rahbarligidan bo‘shatildi (video)

Sport

image

Xalq orasida “Salimboyvachcha” nomi bilan tanilgan O‘zbekiston sport kurashlari assosiatsiyasi rahbari Salim Abduvaliyev ishdan olindi. Bu haqda QALAMPIR.UZ manbasi xabar berdi.

Ma’lum bo‘lishicha, O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi (MOQ) binosida o‘tkazilgan saylovda O‘zbekiston bosh prokurori Nig‘matilla To‘lqinovich Yo‘ldoshev Sport kurashlari assotsiatsiyasi raisi etib saylandi. 

Qayd etish joiz, Abduvaliyev joriy yil  12 yanvar kuni ozodlikka chiqarildi. Salim Abduvaliyev kasalligi tufayli  Jinoyat kodeksining 75-moddasi (Kasallik yoki mehnat qobiliyatini yo‘qotish oqibatida jazodan ozod qilish) tartibida jazodan ozod qilindi.


Maqola muallifi

Teglar

Nig'matilla Yo'ldoshev Salim Abduvaliev

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing