Saxiy Surxondaryo hokimi sportchilarga yana uy sovg‘a qildi

Sport

photo_2023-10-13_16-15-50

Xitoy davlatida o‘tkazilgan “Xanchjou-2022” Osiyo o‘yinlarida oltin medalni qo‘lga kiritgan surxondaryolik sportchilar – Bahodir Jalolov, Muxsin Hisomiddinov va Muzaffarbek To‘raboyevlarga uch va ikki xonali uy sovg‘a qilindi. Bu haqda Surxondaryo viloyat hokimligi ma’lum qildi.

“Davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, talaba-yoshlar va yosh sportchilar ishtirok etgan tadbirda Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov chempionlikni qo‘lga kiritgan, bokschimiz Bahodir Jalolov, kurashchilarimiz Muhsin Hisomiddinov va Muzaffarbek To‘raboyevlarga zarbop to‘n kiydirib, tadbirkorlar  sovg‘a qilgan xonadonlar kalitlarini tantanali topshirdi”, deyiladi hokimlik xabarida.

Ammo hokimlik uy aynan qaysi tadbirkorlar nomidan ekaniga aniqlik kiritmagan.

Shuningdek, hokimlik tomonidan e’lon qilingan suratlardan ko‘rinishicha, surxonlaryolik sportchilar bir xil rusumli qimmatbaho avtomobillar kortejida olib kelingan.

Qolaversa,Termiz shahrida bo‘lib o‘tgan tantanali kutib olish va taqdirlash marosimida sportchilarning ota- onalari va yaqindari qatnashgan.

“Tadbir davomida sportchilarimizning ota-onalari va yaqinlari so‘zga chiqib, Prezidentimizning yosh avlod kamoloti va sportga qaratayotgan e’tibori, ularning Vatanimiz shuhratini nufuzli musobaqalarda keng tarannum etishga yaratayotgan sharoitlar uchun o‘z minnatdorchiliklarini bildirdi”, deya qo‘shimcha qilinadi rasmiy xabarda.

Eslatib o‘tamiz, avval ham Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boks bo‘yicha ikki karra jahon chempioni, Tokio-2020 Olimpiya o‘yinlari g‘olibi Bahodir Jalolovni uy bilan taqdirlagan edi.
 


Maqola muallifi

Teglar

Bahodir Jalolov Ulug'bek Qosimov Muxsin Hisomiddinov Muzaffarbek To'raboevlar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing