Saidjamshid Jafarov yaponiyalik raqibini taslim etdi

Sport

image

Biroz avval Serbiyaning Belgrad shahrida boks bo‘yicha Jahon chempionatining 6-kun bahslari o‘z yakuniga yetdi.

Dunyo birinchiligida 75 kg vazn toifasida ishtirok etgan Saidjamshid Jafarov yaponiyalik Yuito Morivaki bilan bahs olib bordi va g‘alabaga erishdi. Buxorolik bokschi keyingi bosqichda ozarbayjonlik Kozimjoda Mirsharifga qarshi ringga ko‘tariladi.

22 yoshli charm qo‘lqop ustasi ilk bosqichda Slovakiya vakili Lukas Fernezaga imkoniyat qoldirmagan edi.

Eslatib o‘tamiz, 63,5 kg vazn toifasida ishtirok etayotgan Mujibillo Tursunov ham yaponiyalik Taiga Imanaga qarshi ringga ko‘tarilib, katta ustunlik bilan g‘alaba qozondi.


Maqola muallifi

Teglar

AIBA Jahon chempionati Boks Saidjamshid Jafarov

Baholaganlar

40

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing