“Saidaziz medgorodok”. Sud boshlandi

3-sahifa

Bundan 6 oy avval “Dolzarb 40 kunlik” tezkor tadbirlari davomida tovlamachilikda ayblanib, qamoqqa olingan, jinoyat olamida "Saidaziz medgorodok" nomi bilan tanilgan Saidaziz Saidaliyev va u bilan jinoyat sodir etganlikda ayblanayotgan 28 kishiga oid sud jarayoni bugun, 11 iyun kuni boshlandi.

Birinchi instansiya sudida ko‘rilishni boshlagan ishga jinoyat ishlari bo‘yicha Yunusobod tuman sudining raisi Murodjon Mirzajonov raislik qilmoqda. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, mazkur jinoyat ishi doirasida 31 nafar jabrlanuvchi va 130 nafar guvoh aniqlangan.

Dastlabki tergov organining ayblov xulosasiga ko‘ra, sudlanuvchilar S. Saidaliyev, va unga oid 28 kishi Jinoyat kodeksining 112, 165, 168, 182, 227, 228, 229, 236, 237, 238, 242, 243, 277 va 28-211-moddalarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda ayblanmoqda.

Sud majlisida raislik etuvchi sudya sudlanuvchilardan himoyachisi kimligi, himoyachiga ega bo‘lmagan taqdirda davlat hisobidan himoya bilan ta’minlash, shuningdek, sudlanuvchilarning ayblov xulosasi bilan tanishgani masalasini ko‘rib chiqdi.

Ayrim sudlanuvchilar ayblov xulosasini olmagani va tanishib chiqmaganligi sababli sudya Murodjon Mirzajonov sud tergov majlisini 14 iyunga qoldirdi.


Maqola muallifi

Teglar

sud jinoyat Saidaziz Saidaliev

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing