“Saidaziz medgorodok”ning sudi boshlandi

3-sahifa

image

"Saidaziz medgorodok" nomi bilan tanilgan Saidaziz Saidaliyev va boshqalarga (jami 29 kishi) oid jinoyat ishi yuzasidan bugun, 11 iyun kuni jinoyat ishlari bo‘yicha Yunusobod tuman sudida S.Saidaliyev va boshqalarga oid jinoyat ishini ko‘rib chiqish bo‘yicha sud jarayoni boshlandi. Bu haqda Oliy sud matbuot kotibi Aziz Obidov ma’lum qildi.

Ushbu jinoyat ishi jinoyat ishlari bo‘yicha Yunusobod tuman sudining raisi M. Mirzajonov raisligida birinchi instansiya sudida ko‘rib chiqilmoqda.

Dastlabki tergov organining ayblov xulosasiga ko‘ra, sudlanuvchilar S. Saidaliyev, M. Mirxodjayev, Sh. Samiyev, A. Akramov, I. Satvaldiyev, F. Alimov, R. Bobonazarov, L. Shomurodov, N. Tulyaganov, Sh. Quvatov, G‘. O‘rinboyev, U. Maxmudov, A. Nurmatov, B. Erkinov, A. Yuldashev, S. Usmonov, D. Umirzakov, T. Abdumalikov, D. Badalov, U. Raximov, D. Xoshakov, Z. Qayumov, B. Muminov, D. Yunusov, D. Sultanov, B. Samadov, X. Riskiyev, B. Rahmonov va Yo. Sotivoldiyev Jinoyat kodeksining 112, 165, 168, 182, 227, 228, 229, 236, 237, 238, 242, 243, 277 va 28,211-moddalarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda ayblanmoqda.

28 nafar sudlanuvchiga nisbatan “qamoqqa olish” va 1 nafariga “munosib xulq atvorda bo‘lish to‘g‘risida tilxat“ tarzidagi ehtiyot choralari qo‘llanilgan.

Tasdiqlangan ayblov xulosasiga ko‘ra, mazkur jinoyat ishi doirasida 31 nafar jabrlanuvchi va 130 nafar guvoh aniqlangan.


Maqola muallifi

Teglar

sud Saidaziz medgorodok Saidaziz Saidaliev

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing