Saida Mirziyoyeva Jeymison Grir bilan uchrashdi

Jamiyat

image

Bugun, 25 iyun kuni O‘zbekiston Prezidenti Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva AQSH savdo vakili, elchi Jeymison Grir bilan uchrashdi. Bu haqda Saida Mirziyoyeva o‘zining Telegram-kanalida ma’lum qildi.

“O‘tgan bir yil davomida birgalikda juda salmoqli ishlarni amalga oshirdik, buning natijasida aloqalarimiz yangi bosqichga ko‘tarildi”, deydi Prezident Administratsiyasi rahbari.

Uning bildirishicha, yaqin kunlarda o‘zaro savdo va investitsiyalarni rag‘batlantirish to‘g‘risidagi bitim imzolanishini kutilmoqda.

“O‘zbekistonga hamda ikki tomonlama hamkorligimizga ko‘rsatayotgan yuksak e’tibori uchun elchi janoblariga minnatdorlik bildiraman”, deydi Saida Mirziyoyeva.

Ma’lumot uchun, joriy yilning aprel oyida Saida Mirziyoyeva AQSHga tashrifi chog‘ida ham Jeymison Grir bilan uchrashgan edi. O‘shanda amerikalik investorlarning O‘zbekistonga nisbatan ortib borayotgan qiziqishi muhokama qilingan. Shuningdek, ikki tomonlama savdo munosabatlarini o‘zaro manfaatli asosda tartibga soluvchi kelishuvlar ustida ish olib borilayotgani bildirilgandi.

Eslatib o‘tamiz, biroz avvalroq O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Jeymison Grirni qabul qilgani haqida xabar berilgan edi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing