Saida Mirziyoyeva Samarqandda BMT mulozimi bilan uchrashdi

Jamiyat

image

Bugun, 21 aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva narkotahdidlarga qarshi kurashish bo‘yicha Samarqandda o‘tkazilayotgan xalqaro forum doirasida BMTning Narkotiklar va jinoyatchilik bo‘yicha boshqarmasi ijrochi direktori o‘rinbosari Bo Matiasen bilan uchrashuv o‘tkazdi. Bu haqda Saida Mirziyoyeva o‘zining Telegram-kanalida ma’lum qildi.

Uning bildirishicha, muloqot chog‘ida narkotahdidlar, uyushgan jinoyatchilik, kiberjinoyatchilik hamda korrupsiyaga qarshi kurashish yo‘nalishlarida hamkorlikni kengaytirish istiqbollari ko‘rib chiqilgan. Shuningdek, Samarqand forumini doimiy faoliyat yurituvchi muloqot maydoniga aylantirish masalalari muhokama qilingan.

Qolaversa, O‘zbekistonning BMT Jinoyatchilikning oldini olish va jinoiy odil sudlov komissiyasiga saylanishi amaliy aloqalarni kengaytirish uchun yangi imkoniyatlar ochishiga ishonch bildirilgan.

Eslatib o‘tamiz, kecha, 20 aprel kuni Samarqandda boshlangan “Jamoat salomatligi va xavfsizligini ta’minlash maqsadida transmilliy narkotahdidlarga qarshi kurashish” mavzusidagi global forumda viloyatda Markaziy Osiyo Narkologlar assotsiatsiyasining Bosh ofisi tashkil qilinishi e’lon qilingandi.

Shuningdek, Saida Mirziyoyeva Samarqandda o‘tkazilayotgan xalqaro forum doirasida Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti Bosh direktori Tedros Adanom Gebreyesus bilan uchrashuv o‘tkazgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Samarqand BMT Saida Mirziyoeva narkotahdid Bo Matiasen

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing