Saida Mirziyoyeva onkologik kasalliklarga doir dasturni o‘z nazoratiga oladi

Jamiyat

image

Prezident Shavkat Mirziyoyev ma’qullagan ayollar orasida onkologik kasalliklarni nazorat qilishga doir davlat dasturini uning yordamchisi Saida Mirziyoyeva shaxsan o‘z nazoratiga oladi. Bu haqda u o‘z Telegram-kanalida ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, dastur milliy va xalqaro ekspertlar jamoasining bir yilga yaqin vaqt davomidagi muhokamalaridan so‘ng qabul qilingan.

Ushbu hujjatga xalqaro klinik amaliyotlar asos qilib olingan. Unga ko‘ra, 30 yoshdan boshlab ayollar har 10 yilda inson papillomasi virusiga test topshirishi, 45 yoshdan 65 yoshgacha esa har 2 yilda  mammografiyadan o‘tishi kerak bo‘ladi. Har bir ayol elektron ro‘yxatga kiritiladi va har qanday xavfli o‘zgarishlar aniqlanganda tizimda “yo‘qolib qolmaydi”. Dastur aniq harakatlar va davolash protokollarini o‘z ichiga olgan.

“Albatta, bu juda katta qadam va ushbu o‘zgarishlar jarayoni shaxsan o‘z nazoratim ostida bo‘ladi”, deb yozadi Mirziyoyeva.

Ma’lumot uchun, 22 noyabr kuni “Ayollar orasida onkologik kasalliklarni nazorat qilish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident qarori qabul qilingan. Qarorga ko‘ra, skrining natijasida onkologik kasallikka chalinganligi aniqlangan bemorlarni tashxislash va davolash bilan bog‘liq xarajatlar byudjet hisobidan moliyalashtiriladi.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning avgust oyida Saida Mirziyoyevaga Qoraqalpog‘istonni rivojlantirish bo‘yicha topshiriqlar ijrosini nazorat qilish topshirilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Saida Mirziyoeva onkologik kasalliklar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing