Saida Mirziyoyeva qirg‘izistonlik mavqedoshi bilan uchrashdi

Jamiyat

image

Bugun, 20 avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning to‘ng‘ich qizi –  Prezident Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva Bishkekda Qirg‘iz Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari – Vazirlar Mahkamasi Raisi Odilbek Qosimaliyev bilan uchrashdi. Bu haqda Mirziyoyeva o‘zining Telegram-kanalida ma’lum qildi.

“Mamlakatlarimizni birlashtirib turadigan eng asosiy jihat – bu mintaqada hamkorlik va qo‘shnichilikni mustahkamlashga qaratilgan umumiy intilishdir”, deb yozdi Saida Mirziyoyeva.

Shuningdek, u Markaziy Osiyo – qo‘shnilar bir-birini qo‘llab-quvvatlaydigan umumiy uy ekanini va bunga yetakchilarning oqilona siyosatlari tufayli erishilganini qayd etgan.

“Ochiq chegaralar, qo‘shma iqtisodiy loyihalar, suvdan foydalanish masalalarini hal etish – bizda umumiy mavzular juda ko‘p”, deydi Mirziyoyeva.

Bundan tashqari, u ikki davlat Prezidentlari tomonidan erishilgan kelishuvlarni to‘liq amalga oshirishda Prezident Administratsiyalari yaqin hamkorlikda ish olib borishga kelishib olganini ma’lum qilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Saida Mirziyoyeva Bishkekka safari chog‘ida Qirg‘iziston Prezidenti Sadir Japarovning qabulida bo‘lgani xabar qilingandi. Uchrashuvda tomonlar ikki tomonlama hamkorlik masalalarini, jumladan, ikki mamlakat o‘rtasidagi madaniy-gumanitar va ta’lim aloqalarini mustahkamlash yo‘llarini muhokama qilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Saida Mirziyoeva Odilbek Qosimaliev

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing