Saida Mirziyoyeva Devid Lemmi bilan uchrashdi

Jamiyat

image

Kecha, 14 oktyabr kuni O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning to‘ng‘ich qizi – O‘zbekiston Prezidenti Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva Londonda Buyuk Britaniya Bosh vaziri o‘rinbosari va Adliya vaziri Devid Lemmi bilan uchrashdi. Bu haqda Saida Mirziyoyeva o‘zining Telegram-kanalida ma’lum qildi.

Bildirilishicha, uchrashuvda inson kapitalini rivojlantirish va O‘zbekiston maktablarida Kembrijning ayrim dasturlarini joriy etish, Oksfordda o‘zbek tilini o‘rganish loyihalarini yo‘lga qo‘yish, shuningdek, ingliz tilida so‘zlashuvchi o‘qituvchilarni jalb qilish masalalari muhokama qilingan.

“Bunday qo‘shma loyihalar xalqlarimiz o‘rtasidagi do‘stlikni mustahkamlashda muhim ahamiyatga ega ekani ta’kidlandi”, deb yozgan Mirziyoyeva.

Eslatib o‘tamiz, Saida Mirziyoyeva joriy yilning 9 oktyabr kuni Bryusselda Yevrokomissiya rahbari Ursula fon der Lyayen va Yevropa Ittifoqining tashqi siyosat va xavfsizlik bo‘yicha Oliy vakili, Yevrokomissiya vitse-prezidenti Kaya Kallas bilan uchrashgan edi. Qolaversa, Mirziyoyeva Bryusselda Xalqaro hamkorlik bo‘yicha Yevropa komissari Yozef Sikela bilan ham uchrashgan. U 13 oktyabr kuni Londonda Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki (YeTTB) prezidenti Odil-Reno Basso bilan uchrashdi. Shuningdek, Mirziyoyeva Londonda “Rothschild & Co” kompaniyasi kuzatuv kengashi a’zosi baronessa Ariel Malard de Rotshild bilan uchrashuv o‘tkazdi.


Maqola muallifi

Teglar

Saida Mirziyoeva Devid Lemmi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing