Saida Mirziyoyeva Yevropa komissari bilan uchrashdi
Jamiyat
−
11 Oktabr 3323 1 daqiqa
O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning to‘ng‘ich qizi – O‘zbekiston Prezidenti Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva Bryusselda Xalqaro hamkorlik bo‘yicha Yevropa komissari Yozef Sikela bilan uchrashdi. Bu haqda Mirziyoyeva o‘zining Telegram-kanalida yozib qoldirdi.
Uchrashuvda ular O‘zbekiston bilan Yevropa Ittifoqi o‘rtasidagi aloqalarni yanada kengaytirish masalalarini muhokama qilgan.
“O‘zaro munosabatlar bugungi kunda siyosiy, iqtisodiy, investitsiyaviy va madaniy-gumanitar sohalarda jadal rivojlanib bormoqda. Muloqot davomida aniq loyiha va tashabbuslarni ilgari surishga alohida e’tibor qaratildi”, deyiladi xabarda.
Shuningdek, hamkorlik yo‘lida Markaziy Osiyo miqyosida ochilayotgan yangi imkoniyatlarni to‘liq ishga solish muhimligi qayd etilgan.
“Biz YeI bilan sheriklikni yanada kengaytirishga sodiqligimizni tasdiqladik”, deyiladi Mirziyoyevaning xabarida.
Eslatib o‘tamiz, 9 oktyabr kuni Saida Mirziyoyeva Bryusselda Yevrokomissiya rahbari Ursula fon der Lyayen bilan ham uchrashgan edi. Qolaversa, Mirziyoyeva o‘sha kunning o‘zida Yevropa Ittifoqining tashqi siyosat va xavfsizlik bo‘yicha Oliy vakili, Yevrokomissiya vitse-prezidenti Kaya Kallas bilan ham uchrashuv o‘tkazgan.
Live
Barchasi