Saida Mirziyoyeva Britaniya Bosh vazirining qarorgohiga bordi
Jamiyat
−
16 Oktabr 2025 5229 2 daqiqa
O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning to‘ng‘ich qizi – O‘zbekiston Prezidenti Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva Dauning-stritda Buyuk Britaniya Bosh vazirining investitsiyalar bo‘yicha maslahatchisi Varun Chandra bilan uchrashdi. Bu haqda Mirziyoyeva o‘zining Telegram-kanalida ma’lum qildi.
Uning bildirishicha, uchrashuvda qo‘shma loyihalarni amalga oshirish istiqbollari muhokama qilingan.

“Janob Chandra O‘zbekistondagi islohotlarni, ayniqsa, iqtisodiyotni rivojlantirish va investitsiya muhitini yaxshilash borasidagi ishlarni katta qiziqish bilan kuzatayotganini ta’kidladi. Erishilgan kelishuvlar mamlakatlarimiz farovonligi yo‘lida yangi amaliy tashabbuslar va uzoq muddatli sheriklik uchun asos bo‘lib xizmat qilishiga ishonaman”, deydi Saida Mirziyoyeva.


Ma’lumot uchun, Dauning-strit, 10 (inglizcha 10 Downing Street) – Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya Birlashgan Qirolligi Bosh vazirining rasmiy qarorgohi. Bino Vestminster tumanida, Uaytxoll ko‘chasiga tutashgan Dauning-stritda joylashgan. 1735 yildan boshlab bu uy vaqti-vaqti bilan, 1902 yildan esa doimiy ravishda Bosh vazirlarning qarorgohi sifatida xizmat qilib keladi.
Eslatib o‘tamiz, Saida Mirziyoyeva 9 oktyabr kuni Bryusselda Yevrokomissiya rahbari Ursula fon der Lyayen va Yevropa Ittifoqining tashqi siyosat va xavfsizlik bo‘yicha Oliy vakili, Yevrokomissiya vitse-prezidenti Kaya Kallas bilan uchrashgan edi. Qolaversa, Mirziyoyeva Bryusselda Xalqaro hamkorlik bo‘yicha Yevropa komissari Yozef Sikela bilan ham uchrashdi. U 13 oktyabr kuni Londonda Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki (YeTTB) prezidenti Odil-Reno Basso bilan uchrashdi.
Shuningdek, Mirziyoyeva 14 oktyabr kuni Londonda “Rothschild & Co” kompaniyasi kuzatuv kengashi a’zosi baronessa Ariel Malard de Rotshild, Buyuk Britaniya G‘aznachiligi iqtisodiy kotibi Lyusi Rigbi, Britaniya biznes vakillari va Buyuk Britaniya Bosh vaziri o‘rinbosari va Adliya vaziri Devid Lemmi bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025