Saida Mirziyoyeva BMT Bosh kotibining yordamchisi bilan uchrashdi
Jamiyat
−
23 iyun 2189 2 daqiqa
Bugun, 23 iyun kuni Samarqand viloyatida O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning to‘ng‘ich qizi – Prezident yordamchisi Saida Mirziyoyeva BMT Bosh kotibining iqtisodiy rivojlanish bo‘yicha yordamchisi Navid Hanif bilan uchrashdi. Bu haqda u o‘zining Telegram-kanalida yozib qoldirdi.
Ma’lum qilinishicha, ikki tomonlama muloqotning asosiy mavzusi ilk bor O‘zbekistonda tashkil etilgan Davlat xizmati bo‘yicha global forum yakunlari va natijalariga bag‘ishlangan.
Suhbat davomida islohotlar samarasi, raqamlashtirish jarayoni va “O‘zbekiston–2030” strategiyasi doirasidagi rejalar haqida ma’lumot almashilgan, shuningdek, hamkorlikning yangi yo‘nalishlari – yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, raqamli ko‘nikmalarni rivojlantirish, ayollar uchun imkoniyatlarni kengaytirish va mutaxassislarning BMT loyihalarida ishtirok etishi muhokama qilingan. Qolaversa, ekologiya masalalari ham e’tibor markazida bo‘lgan – Xalqaro iqlim akademiyasini tuzish va Orol hududini tiklash bo‘yicha fikr almashilgan.
“Bugungi beqaror dunyoda eng muhim jihat – bir-birimizni eshitishni o‘rganish. BMT ana shunday ochiq muloqot va yechimlarni birgalikda izlash mumkin bo‘lgan maydondir. Oldinda hali ko‘plab yangi g‘oya va loyihalarimiz bor, ularni hamjihatlikda amalga oshirishga tayyormiz”, deya yozgan Prezident yordamchisi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Samarqand viloyatida BMT Davlat xizmati forumi boshlangani va unda O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning to‘ng‘ich qizi – Prezident yordamchisi Saida Mirziyoyeva ham ishtirok etayotgani haqida xabar berilgandi.
Live
BarchasiNamanganda yana zilzila bo‘ldi
06 dekabr