Saida Mirziyoyeva Blinkenning o‘rinbosari bilan uchrashdi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning to‘ng‘ich qizi – Prezident yordamchisi Saida Mirziyoyeva bugun, 22 may kuni AQSH Davlat kotibi o‘rinbosari Uzra Zeya boshchiligidagi AQSH delegatsiyasi bilan uchrashuv o‘tkazdi. Bu haqda u ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida ma’lum qildi.

"Amerika tomoni xotin-qizlar huquqlarini himoya qilish, OAV va so‘z erkinligini ta’minlash, shuningdek, fuqarolik jamiyati hamda NNT faoliyati samaradorligini oshirish borasida mamlakatimizda olib borilayotgan sa’y-harakatlarni to‘liq qo‘llab-quvvatlashga tayyorligini bildirdi", deb yozadi Mirziyoyeva.

O‘zbekistonda bo‘lib turgan Uzra Zeya faol fuqarolik jamiyati vakillari bilan ham uchrashib, demokratik tashabbuslar va hukumat mas’uliyatini kuchaytirishda nodavlat notijorat tashkilotlari, huquq himoyachilari va mustaqil ommaviy axborot vositalarining muhim roli haqida gaplashgan.

"Fuqarolik makonining gullab-yashnashi islohotlarni amalga oshirishni kuchaytiradi", deydi AQSH Davlat kotibi o‘rinbosari.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq Uzra Zeya O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov, Bosh prokuror Nig‘matilla Yo‘ldoshev va Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Muzaffarbek Madrahimov bilan ham uchrashgan, Konstitutsiyaviy jinoiy protseduralar bo‘yicha mintaqaviy muloqot akademik konferensiyasida so‘zga chiqib, AQSH O‘zbekistonda inson huquqlari, qonun ustuvorligi va korrupsiyaga qarshi islohotlarni ilgari surish bo‘yicha sodiqligini ta’kidlagandi.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh O'zbekiston Saida Mirziyoeva Uzra Zeya

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing