Sadir Japarov Mustaqillik va ezgulik monumenti poyiga gul qo‘ydi

Olam

image
0:00
0:00
download

Avval xabar berganimizdek, bugun, 11 mart kuni Qirg‘iziston Respublikasi Prezidenti Sadir Japarov O‘zbekistonga keldi. Uni Toshkent shahrida mamlakat Bosh vaziri Abdulla Aripov, Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov, Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev kutib oldi. 

Japarovning mamlakat bo‘ylab tashrifi Mustaqillik maydonidan boshlandi. 

Qirg‘iziston Respublikasi Prezidenti O‘zbekiston Bosh vaziri Abdulla Aripov hamrohligida poytaxtdagi Mustaqillik maydoniga tashrif buyurib, Mustaqillik va ezgulik monumenti poyiga gul qo‘ydi. Shundan so‘ng, Qirg‘iziston prezidenti Ko‘ksaroy qarorgohiga yo‘l oldi.

Bugunning o‘zida Ko‘ksaroy qarorgohida qabul marosimi va ikki mamlakat rahbarlari uchrashuvi bo‘lib o‘tadi. 


Maqola muallifi

Teglar

Sadir Japarov

Baholaganlar

156

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing