Sadir Japarov “Ko‘ksaroy”da tantanali kutib olindi (video)

Jamiyat

image

Bugun, 18 iyul kuni “Ko‘ksaroy” qarorgohida Qirg‘iziston Prezidenti Sadir Japarovni rasmiy kutib olish marosimi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Qirg‘iziston Prezidenti matbuot xizmati xabar berdi.
 

Muzokaralar boshlanishidan avval ikki davlat rahbarlari o‘z delegatsiyalari a’zolarini tanishtirdi. Muzokaralar tor doiradagi suhbatdan boshlanib, kengaytirilgan tarkibda davom etadi.

Oliy darajadagi muzokaralarda O‘zbekiston-Qirg‘iziston keng qamrovli strategik sheriklik munosabatlarini yanada rivojlantirish masalalari muhokama qilinadi. Shuningdek, sammit yakunida qator yirik qo‘shma loyihalarni ishga tushirish va salmoqli ikki tomonlama hujjatlarni imzolash rejalashtirilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qirg‘iziston Prezidenti Sadir Japarov O‘zbekistonga yetib kelgani xabar qilingandi.


Maqola muallifi

Teglar

Sadir Japarov Ko'ksaroy

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made