Sadir Japarov “Barselona” afsonalariga qarshi maydonga tushadi

Sport

image

Joriy yilning 30 avgust kuni Qirg‘izistonning Bishkek shahrida Markaziy Osiyoning taniqli sobiq futbolchilari va Ispaniyaning “Barselona” klubi afsonalari o‘rtoqlik uchrashuvida maydonga tushadi. Mazkur bahsda mamlakat rahbari Sadir Japarov ham “Osiyo afsonalari” tarkibida o‘ynaydi. Bu haqda Prezident Administratsiyasi rahbari Dayirbek Orunbekov ma’lum qildi.

O‘zbekistonlik taniqli futbol hakami, O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi vitse-prezidenti Ravshan Ermatov boshqarib boradigan Ispaniyaning “Barselona” klubi afsonalari va “Osiyo afsonalari” o‘rtasida tashkil etilayotgan o‘rtoqlik uchrashuvida Qirg‘iziston Prezidenti Sadir Japarov ham maydonga tushadi. 

Davlat rahbarining Osiyo jamoasi tarkibida maydonga tushishi haqida xabar topgan “Barselona” klubi murabbiyi Albert Ferrer ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida qirg‘izistonliklarga murojaat qilib, bu holatni ijobiy baholadi. 

“Sizning omadingiz kulgan, hozir sizda futbol o‘ynay oladigan eng yaxshi Prezident bor”, deydi u. 


Aytish joiz, mazkur uchrashuv ertaga 29 avgust kuni Jalolobod shahrida foydalanishga topshirilayotgan 29-“Barselona” futbol akademiyasining ochilish marosimi fonida, bayram kayfiyatini yanada esda qolarli darajada o‘tkazish maqsadida tashkil etilmoqda. 

Shuningdek, bugun, 28 avgust kuni “Barselona” klubi rahbari Joan Laporta Qirg‘izistonga uchib keldi. Tamchi aeroportida uni va “Barselona afsonalari” jamoasini Boks federatsiyasi rahbari Qamchibek Tashiyev kutib oldi. 

Ma’lumot uchun, mamlakat poytaxtidagi Dolon Umurzoqov nomidagi stadionda o‘tkaziladigan bahsda “Barsa”ning sobiq futbolchilari: Ronaldino, Rivaldo, Karles Puyol, Xaver Saviola, Ronald de Bur, Juliano Beletti, Franchesko Kokular va boshqalar ishtirok etadi.

“Osiyo afsonalari” tarkibida esa Hidetoshi Nakata, Andrey Kanchelskis, Muhsin Muhammadiyev, Birodar Abduraimov, Server Jeparov singari o‘z davrining mahoratli futbolchilari tup surishi kutilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Barselona Sadir Japarov Osiyo afsonalari

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing