“Barselona” afsonalari Qirg‘izistonga keladi

Sport

image

Qirg‘iziston poytaxti Bishkek shahrida Ispaniyaning “Barselona” va Markaziy Osiyo futboli afsonalari o‘rtasida ko‘rgazmali futbol o‘yini o‘tkaziladi. Bu haqda “KyrgyzFootball” nashri xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, bahsda Kataloniya klubining sobiq yulduzlari Ronaldino, Rivaldo, Deku, Xristo Stoichkov, Erik Abidal, Patrik Klyuyvert, Frank de Bur va boshqa to‘p ustalari qatnashadi. 

“Barselona” va Markaziy Osiyo futboli afsonalari o‘rtasidagi o‘yin 30 avgust kuni Bishkekdagi Dolon Umurzoqov nomidagi stadionda o‘tkaziladi. 

Ta’kidlash joiz, so‘nggi yillarda dunyo futboli afsonalari o‘rtasida ko‘rgazmali o‘yinlarni tashkil qilish an’ana tusiga kirmoqda. O‘tgan yili may oyida O‘zbekistonda ham A Seriya afsonalari va o‘zbek futboli yulduzlari o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tgandi. Paxtakor stadioni mezbonlik qilgan o‘yinda mezbonlarning qo‘li baland kelgan.


Maqola muallifi

Teglar

Barselona Ronaldin'o Rivaldo

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing