Sabr kosasi to‘lgan Janubiy Koreya va AQSH KXDRga javob qaytardi 

Olam

image

Janubiy Koreya va AQSH Shimoliy Koreyaning ballistik raketa sinovlariga javoban o‘z raketalarini uchirdi. Bu haqda “Yonhap” agentligi xabar bergan.  

“Provokatsion ballistik raketalarning uchirilishiga javoban, Elephant Walk hamda AQSH va Koreya Respublikasining “yer-yer” sinfidagi raketalarining birgalikda uchirilishi o‘tkazildi”, deyiladi Janubiy Koreya harbiylari bayonotida. 

Ta’kidlanishicha, Janubiy Koreya “Xyonmu-2” raketasini, Qo‘shma Shtatlar esa Yapon dengizi tomon bitta ATACMS snaryadini uchirgan. Agentlik ma’lumotlariga ko‘ra, bu “yangi provokatsiyalarning oldini olish” va ittifoqchi kuchlar tomonidan “zudlik bilan zarba berish imkoniyatini ko‘rsatish” uchun qilingan. 

Elephant Walk — aviatsiya mashqlari, unda jangchilar uchishdan oldingi protseduralarga tayyorligini tekshirish uchun uchish-qo‘nish yo‘lagiga chiqadi. 

Eslatib o‘tamiz, Shimoliy Koreya bugun, 25 may kuni uchta ballistik raketa uchirdi. Seul ma’lumotlariga ko‘ra, ulardan biri qit’alararo ballistik raketa bo‘lgan. 


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Janubiy Koreya KXDR

Baholaganlar

2807

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing