Saakashvili gospitalda hushini yo‘qotganini ma’lum qildi 

Olam

image

Gruziyaning sobiq Prezidenti Mixail Saakashvili uni harbiy gospitaldan olib ketish uchun qora kiyimdagi bir necha kishi kelganini va qarshilik ko‘rsatish vaqtida u hushini yo‘qotganini ma’lum qildi.  

“Bugun taxminan besh yarimlarda qora formadagi odamlar meni olib ketishga kelishdi. Ular meni olib ketishlarini aytishdi, lekin qayerga ekanini aytishmadi. Qon bosimimni o‘lchashni talab qildim, bosim 180, ikkinchi o‘lchovdan keyin — 200/110 , mening normam esa 120/180. Bu menimcha, gipertonik inqiroz edi. Men puls va bosim nuqtai nazaridan hech qachon bunday holatda bo‘lmaganman. Shundan so‘ng ular meni kuch bilan olib chiqishga harakat qilishdi, men esa qarshilik ko‘rsatdim, shundan keyin hushimdan ketdim, ba’zi qismlari esimda yo‘q”, deb yozadi Saakashvili advokat Nika Gvaramiya jurnalistlarga o‘qib bergan maktubida. 

Saakashvilining so‘zlariga ko‘ra, u uyg‘onganida shifokorni ko‘rgan. Shifokor unga hech qayerga o‘tkazilmasligini aytgan.  

Ma’lumot o‘rnida, Saakashvili joriy yilning 1 oktyabr kuni Gruziyada hibsga olindi. Gruziyada u bankir Sandro Girgvlianining o‘ldirilishi va deputat Valeriy Gelashvilining kaltaklanishi bo‘yicha ishlar yuzasidan sirtdan sudlangan edi. Birinchi holatda Saakashvili uch yilga, ikkinchisida olti yilga ozodlikdan mahrum etilgan.
Bundan tashqari, u 2007 yil 7 noyabrdagi muxolifat mitingini tarqatish, “Imedi” telekompaniyasidagi talonchilik va davlat byudjeti mablag‘larini o‘g‘irlash bilan bog‘liq ishlarda ishtirok etmoqda, ular hali ham sudlarda ko‘rib chiqilyapti. 

Gruziya rasmiylari Saakashvilini ozod qilishdan bosh tortmoqda. Bosh vazir Irakliy Garibashvilining aytishicha, sobiq Prezident uzoq muddat qamoqda qoladi, u butun muddatini o‘taydi. Ayni damda Saakashvili uzoq davom etgan ochlikdan so‘ng Goridagi harbiy gospitalda davolanmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Gruziya qamoq sobiq Prezident

Baholaganlar

64

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing