Ro‘ziyev manman va kalandimog‘ bo‘lib ketganini tan oldi

Intervyu

image

Yakkabog‘! Oxirgi bir haftada O‘zbekistonda dong‘i chiqqan tuman. Endi google qidiruvida eng ko‘p qidirilgan so‘zlar qatoridan o‘rin olsa hech gap emas. Xalq irodasi, Prezident Mirziyoyev islohotlari, ochiqlik, so‘z erkinligi o‘z isbotini topgan va bu davlat rahbari tomonidan qo‘llab-quvvatlangan voqelik sifatida Yakkabog‘ zamonaviy O‘zbekiston tarixida qolsa, ajab emas. 

Bo‘lib o‘tgan voqealar, albatta, achinarli. Xulosalar turlicha. Ma’lumki, Qashqadaryo viloyati hokimi Zafar Ro‘ziyev Yakkabog‘dagi hodisalar sabab Bosh vazir Abdulla Aripov tomonidan qattiq ogohlantirildi. Voqealarda viloyat hokimining ham o‘ziga yarasha aybi, yo‘l qo‘ygan kamchiliklari bor. U bular xususida O‘zAga intervyu berdi. 

“Bizdan ham xatolik o‘tdi. Avvalo, biz, rahbarlar, hammamiz kalondimog‘ bo‘lib ketgan ekanmiz, xalqdan uzilib, manman bo‘lib ketgan ekanmiz. Bugun zamon o‘zgardi. Muhtaram Prezidentimiz katta islohotlarni boshladilar, bugun xalqning ichiga kirib, har bir oilaning dardini tinglab, uning muammosini o‘zimning muammom deb ishlashimiz kerak. Afsuski, hamma rahbar ham buni hali to‘la anglab yetgani yo‘q. Yakkabog‘ tumani hokimining o‘rinbosari ham o‘zining vakolatiga kirmaydigan ishni qilgan. Bunaqa paytda xalqning oldiga kamida tuman hokimi kelib, bo‘ladigan ishlarni o‘zi tushuntirishi kerak edi. Ular anglata olmasa, viloyat hokimi, men kelishim kerak edi. Xalq tuman va viloyat hokimiga ishonadi, o‘rinbosarlar yo boshqa idora rahbarlariga emas”, deydi Ro‘ziyev. 

Zafar Ro‘ziyevga ko‘ra, Yakkabog‘ tumani hokimi o‘rinbosari Mansur Tuymayevni yoqib yuborgan tadbirkorga tegishli savdo do‘koni buzilmaydigan bo‘lgan. 

“Tadbirkorning korxonasi buzilmaydi, qaytanga u ta’mirlab, chiroyli qilib berilayapti, tadbirkorlik ishi davom etadi. Ammo shuni aytishim lozim-ki, biz qonun ustuvor davlatda yashaymiz, qonun oldida hamma barobar, ehtirosga berilib, qonundan tashqari hatti-harakatlar sodir qilgani uchun tadbirkor ham qonun oldida javob beradi”, deydi viloyat hokimi Zafar Ro‘ziyev.
 


Maqola muallifi

Teglar

Yakkabog' Zafar Ro'ziev

Baholaganlar

305

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing