Ro‘ziqul Berdiyev – 2021 yilning eng yaxshi murabbiyi
Sport
−
25 dekabr 2021
3351Bugun, 25 dekabr kuni O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi va Professional futbol ligasi tomonidan o‘zbek futbolining 2021 yil yakunlariga bag‘ishlangan “Uz Football Awards-2021” taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tmoqda.
Jurnalistlar o‘rtasida o‘tkazilgan so‘rovnomaga ko‘ra, “Nasaf” klubi bosh murabbiyi Ro‘ziqul Berdiyev “Yilning eng yaxshi murabbiyi” sovriniga munosib deb topildi.
Joriy mavsumda murabbiylar o‘rtasidagi raqobat ham yuqori bo‘ldi. Xususan, kuchli uchlikdan o‘rin olgan har bir nomzod o‘z jamoasi bilan birgalikda nafaqat chiroyli o‘yinlar, balki iroda ham ko‘rsata oldi.
Xususan, Ulug‘bek Baqoyev qo‘l ostidagi “So‘g‘diyona” klubi mavsum yakunida OKMK, “Nasaf” va “Bunyodkor” kabi raqobatchilarni ortda qoldirib, kumush medallarga ega chiqdi. Ro‘ziqul Berdiyev boshqaruvidagi “Nasaf” klubi esa OFK kubogining finaliga qadar yetib bordi, mamlakat kubogining g‘olibiga aylandi. Timur Kapadze O‘zbekiston U-23 terma jamoasi bilan ishonchli o‘yinlar o‘tkazdi, “Olimpik” jamoasi bilan birgalikda Superliga yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.
LiveBarchasi