Ro‘ziboyevning Faxretdinovga qarshi jangi bekor bo‘ldi
Sport
−
08 Oktabr
8720O‘zbekistonlik UFC jangchisi Nursulton Ro‘ziboyev va rossiyalik Rinat Faxretdinov o‘rtasidagi jang bekor qilindi. Bu haqda QALAMPIR.UZ manbasi xabar berdi.
Ma’lum bo‘lishicha, Ro‘ziboyev jarohat olganligi sabab to‘qnashuv bekor qilingan. Shunday qilib, 30 yoshli o‘zbekistonlik jangchining tashkilot jangi ikkinchi marta bekor bo‘ldi. Bungacha Ro‘ziboyevning braziliyalik Kayo Borraloga qarshi jangi ham Nursultonning oyog‘idagi jarohati sabab o‘tkazilmagan.
Ma’lumot uchun, Nursulton Ro‘ziboyev shu vaqtga qadar UFC'da 3 ta jang o‘tkazib, 2 tasida g‘alaba qozondi, 1 ta jangda esa imkoniyatni boy berdi. 33 yoshli Faxretdinov esa UFC'da 5 ta jang o‘tkazib, 4 marta g‘alaba qozongan. Rossiyalik MMA ustasi ishtirokida 1 ta jangda esa durang qayd etilgan.
Shunday qilib, oktyabr oyida faqat bir nafar o‘zbekistonlik jangchi UFC turnirida jang qiladi. 12 oktyabr kuni 27 yoshli Ramazon Temirov tashkilotda debyut qiladi. O‘sha kuni o‘zbekistonlik jangchiga amerikalik Si Jey Vergara raqiblik qiladi.