Ro‘ziboyevning debyut jangi bekor qilindi
Sport
−
15 fevral
4792Uch kun oldin, ya’ni 12 fevral kuni UFC jangchisiga aylangan Mashrabjon Ro‘ziboyevning 16 fevral tongidagi turnir kardida Jared Gordonga qarshi jangi bekor qilindi. Bu haqda promoushen matbuot xizmati xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, to‘qnashuvga 4 kun qolganida jang qabul qilib olgan Mashrabjon Ro‘ziboyev vazn me’yorini bajara olmagani sabab oktagonga chiqmasligi ma’lum bo‘lgan.
Ma’lumot o‘rnida, Mashrabjon Ro‘ziboyev o‘zbekistonlik UFC jangchisi Nursulton Ro‘ziboyevning ukasi hisoblanadi. 28 yoshli Mashrabjon professional faoliyati davomida 25 ta jang o‘tkazib, 20 g‘alaba va 4 mag‘lubiyat qayd etgan, bir jangi natijasi esa bekor qilingan.
Eslatib o‘tamiz, kecha, 14 fevral kuni Mashrabjon Ro‘ziboyevning akasi Nursulton Ro‘ziboyevning navbatdagi jangi va sanasi haqida xabar berilgan edi.
LiveBarchasi