Nursulton Ro‘ziboyevning UFC'dagi navbatdagi jangi tasdiqlandi

Sport

image

O‘zbekistonlik UFC jangchisi Nursulton Ro‘ziboyev tashkilotdagi navbatdagi jangini 22 fevral kuni o‘tkazadi. Bu haqda sportchining o‘zi Instagram sahifasi orqali ma’lum qildi.

O‘sha kuni Ro‘ziboyevga amerikalik Erik Makkoniko raqiblik qiladi. Jang UFC Seattle turniri doirasida bo‘lib o‘tadi.

Ma’lumot uchun, Ro‘ziboyevning bo‘lajak raqibi, 34 yoshli Makkoniga shu vaqtga qadar MMA'da 10 ta jang o‘tkazib, 9 ta g‘alaba qayd etgan. 22 fevral kuni Erik UFC'dagi debyut jangini o‘tkazadi. 31 yoshli Ro‘ziboyev esa professional faoliyati davomida 43 ta jangda qatnashib, 34 ta g‘alabaga erishgan. UFC'da o‘tkazgan 3 ta jangining 2 tasida zafar quchgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Nursulton Ro‘ziboyevning ukasi Mashrabjon Ro‘ziboyev ham UFC'ga o‘tgani xabar qilingandi. 

Mashrabjon tashkilotdagi debyut jangini 16 fevral kuni o‘tkazadi.


Maqola muallifi

Teglar

Nursulton Ro'ziboev Mashrabjon Ro'ziboev Erik Makkoniko

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing